TalimPro online ta'lim platformasi · Oxirgi yangilanish: 2026-yil 15-oktabr
Ushbu Maxfiylik siyosati "ABSCOM" MChJ (TalimPro) (keyingi o'rinlarda — biz) talimpro.uz sayti va
TalimPro mobil ilovasi (Android va iOS; keyingi o'rinlarda birgalikda — platforma) foydalanuvchilarining shaxsiy
ma'lumotlarini qanday yig'ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi.
Platformadan foydalanish — ushbu siyosatga rozilik berish hisoblanadi. Asos: O'zbekiston Respublikasining
"Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuni.
1. Yig'iladigan ma'lumotlar
Siz beradigan ma'lumotlar:
Telefon raqami, ism va familiya;
Viloyat/tuman, ish joyi (maktab), fan va o'qituvchilik toifasi;
Tug'ilgan sana, jins, profil rasmi (avatar) — ixtiyoriy;
Sertifikat hujjatlari (attestatsiya toifasi yoki Milliy sertifikat natijasi) — ixtiyoriy, faqat
«Yutuqlar» bo'limida o'zingiz yuklasangiz (5-bo'lim);
Chat xabarlari va rasmlar — guruh, jonli dars va yordam chatlarida o'zingiz yozgan yoki yuborganlaringiz;
So'rovnoma javoblari — platformadagi so'rovnomalarda bergan javoblaringiz.
Test natijalari, urinishlar, ko'rilgan darslar va modullar bo'yicha progress;
Streak (faollik kunlari), to'plangan ballar, oxirgi faollik vaqti;
Olingan yutuqlar (medallar) va olingan sanasi, kurs reytingidagi eng yaxshi o'rningiz va uning sanasi;
Texnik ma'lumotlar (qurilma modeli, operatsion tizim va ilova versiyasi, brauzer, IP manzil) — xavfsizlik va
statistika uchun;
Anonim foydalanish statistikasi (qaysi ekranlar ochilgani, platformadagi harakatlar) — qurilma yoki ilova
identifikatori bilan, ismingiz va telefon raqamingizga bog'lanmagan holda (3-bo'lim).
Biz aniq joylashuv (GPS), kontaktlar ro'yxati va reklama identifikatori (Advertising ID / IDFA)
ni yig'maymiz; platformada reklama yo'q.
Biz parol (shifrlangan holda), OTP kod va to'lov karta ma'lumotlarini saqlamaymiz — to'lov
to'g'ridan-to'g'ri to'lov tizimlari (Payme/Click) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi
Online ta'lim xizmatini ko'rsatish, kirishni boshqarish;
To'lovni amalga oshirish va tasdiqlash;
SMS orqali tasdiqlash va xabarnomalar yuborish;
O'quv jarayonini shaxsiylashtirish, statistika va reyting;
Yutuqlar (medallar) va ochiq profil orqali o'qishni rag'batlantirish;
Siz yuklagan sertifikat hujjatini tekshirib, «Sertifikat egasi» medalini berish;
Chatlar orqali guruh mashg'ulotlari va texnik yordam ko'rsatish, chatlarni moderatsiya qilish;
So'rovnoma javoblari asosida sizga mos kurs va yordamni taklif qilish, zarur bo'lsa telefon orqali bog'lanish;
Texnik yordam ko'rsatish va platforma sifatini yaxshilash.
3. Uchinchi tomonlarga uzatish
Biz ma'lumotlarni sotmaymiz va reklama maqsadida hech kimga bermaymiz. Xizmat ishlashi uchun zarur doirada
quyidagi xizmat ko'rsatuvchilarga uzatiladi:
Payme, Click
To'lovlarni amalga oshirish
Playmobile / Eskiz
SMS (tasdiqlash kodi, xabarnoma)
YouTube
Jonli darslarni efirga uzatish
BKM (server/hosting provayderi)
Serverlarda ma'lumotlarni saqlash
Google (Firebase Analytics)
Sayt va mobil ilova bo'yicha anonim foydalanish statistikasi; ism va
telefon raqami uzatilmaydi, reklama identifikatori yig'ilmaydi
Shuningdek, qonun talab qilgan hollarda vakolatli davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.
4. Ochiq profil va yutuqlar (medallar)
Yutuqlar (medallar). Medallar platformadagi faoliyatingiz asosida avtomatik beriladi: ketma-ket kirish
kunlari (eng yaxshi seriya), yakunlangan testlar soni, testlarga sarflangan faol vaqt, kursni bitirish (modul
yakuniy testlari). «Yordamchi» va «Mentor» medallarini administrator beradi, «Sertifikat egasi» medali esa siz
yuklagan hujjat tasdiqlangandan keyin beriladi (5-bo'lim). Medallar uchun yangi ma'lumot yig'ilmaydi — ular
1-bo'limdagi foydalanish ma'lumotlaridan hisoblanadi. To'lov yoki tarifga bog'liq medal yo'q. Kurs reytingidagi
eng yaxshi o'rningiz faqat o'zingizga ko'rinadi.
Ochiq profil. Platformaga kirgan (ro'yxatdan o'tgan) boshqa foydalanuvchilar reytingda yoki guruh chatida
ismingizni bosib, ochiq profilingizni ko'rishi mumkin. Ro'yxatdan o'tmagan mehmonlarga ochiq profil ko'rsatilmaydi.
Ochiq profilda faqat quyidagilar ko'rinadi:
Ko'rinadi
Ism va familiya, profil rasmi (avatar), viloyat, liga (ball asosida), medallar va ularning
olingan sanasi, tanlangan asosiy nishon, jami ball (ko'ruvchi tanlagan kurs bo'yicha), yakunlangan testlar soni,
hozirgi seriya (ketma-ket kunlar), ro'yxatdan o'tgan oy
Hech qachon ko'rinmaydi
Telefon raqami, tug'ilgan sana, jins, tuman va ish joyi (maktab), tarif,
to'lov va qarz ma'lumotlari, testlardagi to'g'ri javoblar foizi, zaif mavzular, kurs ichidagi progress, mentor
guruhining ichki ma'lumotlari, sertifikat hujjatlari
Tanlagan asosiy nishoningiz reytingda va guruh chatida ismingiz yonida ko'rinadi.
Ochiq profil standart holatda yoqilgan. Uni istalgan vaqtda Sozlamalar → «Profilim boshqalarga
ko'rinsin» orqali yopishingiz (va qayta ochishingiz) mumkin. Yopilganda profilingizni faqat o'zingiz ko'rasiz.
Ma'lumotlarni ommaviy yig'ib olishga qarshi bitta foydalanuvchi bir kunda ko'rishi mumkin bo'lgan profillar soni
cheklangan.
Ulashish. Medalingizni o'zingiz ulashsangiz (masalan, Telegram'da), ulashiladigan rasmda medal, ismingiz
va talimpro.uz bo'ladi. Rasm qurilmangizda yaratiladi; uni kim bilan ulashishni o'zingiz tanlaysiz.
5. Sertifikat hujjatlari
Nima va nima uchun. «Yutuqlar → Sertifikatlar» bo'limida ixtiyoriy ravishda attestatsiya toifasi yoki
Milliy sertifikat natijasini tasdiqlovchi hujjatni (PDF, JPG yoki PNG, 10 MB gacha) yuklashingiz mumkin. Hujjat
faqat uni tekshirib, «Sertifikat egasi» medalini berish uchun ishlatiladi.
Kim ko'radi. Hujjatni faqat siz va hujjatlarni tekshirish vakolatiga ega
administrator(lar) ko'radi; administrator ko'rgani jurnalga yoziladi. Boshqa foydalanuvchilarga faqat
medal ko'rinadi. Hujjat ommaviy havola orqali joylashtirilmaydi va uchinchi tomonlarga uzatilmaydi.
Himoya. Rasm fayllaridagi joylashuv (GPS) va boshqa texnik metama'lumotlar (EXIF) yuklash paytida
o'chiriladi. Fayllar yopiq xotirada saqlanadi.
Saqlash muddati. Hujjat ko'rib chiqilguncha saqlanadi. Qaror (tasdiqlash yoki rad etish) qabul
qilingandan 90 kun o'tgach fayl avtomatik o'chiriladi. Arizani ko'rib chiqilishidan oldin bekor qilsangiz,
fayl darhol o'chiriladi. Server har kecha zaxira nusxaga olinadi: o'chirilgan fayl xavfsiz zaxira
nusxalarida ko'pi bilan yana 10 kun qolishi mumkin, so'ng u yerdan ham butunlay o'chadi.
Nima qoladi. Fayl o'chirilgandan keyin ham ariza yozuvi (sertifikat turi va darajasi, qaror, sanasi, rad
etish sababi) va faylning nazorat summasi (SHA-256 hash) saqlanadi. Hash'dan hujjat mazmunini tiklab bo'lmaydi;
u bir xil hujjat boshqa akkauntdan qayta yuborilganini aniqlash uchun ishlatiladi. Tasdiqlangan medal qoladi;
hujjat asossiz topilsa, administrator medalni bekor qilishi mumkin.
6. Saqlash muddati
Ma'lumotlar akkaunt faol bo'lgan davrda saqlanadi.
Agar foydalanuvchi xizmatdan umuman foydalanmasa / faol bo'lmasa, ma'lumotlar
6 oy ichida o'chiriladi (yoki anonimlashtiriladi).
Buxgalteriya/to'lov yozuvlari qonunda belgilangan muddat davomida saqlanishi mumkin. To'lov yozuvlari va tarif
o'zgarishlari jurnali hisob o'chirilgandan keyin ism va telefon raqamisiz saqlanadi; xavfsizlik jurnalida
ichki texnik identifikator va administrator izohlari qoladi.
Sertifikat hujjatlari (fayllar) — qarordan 90 kun keyin, bekor qilingan ariza bo'yicha — darhol o'chiriladi;
xavfsiz zaxira nusxalarida ko'pi bilan yana 10 kun qolishi mumkin (5-bo'lim).
7. Himoya choralari
Parollar shifrlangan (hash) holda saqlanadi; aloqa HTTPS orqali;
Serverga kirish cheklangan va nazorat qilinadi;
Video kontent himoyalangan (shifrlangan/tokenli) tarzda uzatiladi;
Sertifikat hujjatlari ommaviy havolasiz, yopiq xotirada saqlanadi va faqat egasi hamda vakolatli
administratorga ochiladi.
8. Foydalanuvchi huquqlari
Siz o'z ma'lumotlaringizni ko'rish, to'g'rilash yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun
mathchannel2002@gmail.com manziliga (akkaunt telefon raqamingiz bilan) murojaat qiling. So'rov oqilona
muddatda ko'rib chiqiladi.
Bundan tashqari, ochiq profilingizni Sozlamalar → «Profilim boshqalarga ko'rinsin» orqali o'zingiz
yopishingiz, ko'rib chiqilmagan sertifikat arizangizni esa bekor qilishingiz mumkin (hujjat darhol o'chiriladi).
Hisobingizni ilova yoki saytda Profil → Sozlamalar → «Hisobni o'chirish» orqali o'zingiz o'chirishingiz
mumkin (30 kunlik muddat bilan) — batafsil: Hisobni o'chirish.
Qoidabuzarlik sababli bloklangan hisob 30 kundan keyin avtomatik o'chirilmaydi: u tekshiruv yakunlanguncha
saqlanadi va administrator qaroridan keyin o'chiriladi.
9. Cookie, mobil ilova ruxsatlari va texnik ma'lumotlar
Platforma seansni saqlash (login) va xavfsizlik uchun zarur texnik cookie/tokenlardan foydalanadi.
Ularsiz platforma to'g'ri ishlamasligi mumkin.
Mobil ilova ruxsatlari. Ilova kamera va rasmlarga faqat siz o'zingiz rasm olish yoki tanlashni bosganingizda
kiradi (profil rasmi, sertifikat hujjati, chat rasmi). iOS'da medal kartasini «Rasmlar»ga saqlash uchun faqat rasm
qo'shish ruxsati so'raladi. Galereyangizdagi rasmlar avtomatik o'qilmaydi va yuklanmaydi.
10. O'zgartirishlar
Ushbu siyosat yangilanishi mumkin; yangi tahrir saytda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.