FOYDALANISH SHARTLARI

TalimPro online ta'lim platformasi · Oxirgi yangilanish: 2026-yil 30-oktabr
Ushbu shartlar "ABSCOM" MChJ (TalimPro) platformasidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Platformaga kirish yoki undan foydalanish — ushbu shartlarni qabul qilish hisoblanadi. Ular Ommaviy oferta va Maxfiylik siyosati bilan birga amal qiladi.

1. Akkaunt

  1. Akkaunt shaxsiy va faqat bitta foydalanuvchiga tegishli.
  2. Login/parolni yoki kirish huquqini boshqalarga berish, sotish yoki ulashish taqiqlanadi.
  3. Akkaunt orqali sodir etilgan barcha harakatlar uchun foydalanuvchi javobgar.

2. Intellektual mulk

Platformadagi barcha o'quv materiallari — video darslar, jonli dars yozuvlari, testlar, savollar, matnlar, dizayn va brend — "ABSCOM" MChJ (TalimPro)ning intellektual mulki bo'lib, mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Foydalanuvchiga faqat shaxsiy ta'lim maqsadida, tarif doirasida foydalanish huquqi beriladi.

3. Qat'iyan taqiqlangan harakatlar

Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:

4. Foydalanuvchi kontenti

Platformada foydalanuvchilar guruh chatiga xabar, yechimlarga izoh, jonli dars chatiga xabar va sharh yozishi mumkin. Bunday kontentga nisbatan nolga tolerantlik (zero tolerance) siyosati amal qiladi. Quyidagilar taqiqlanadi:

Har bir foydalanuvchi:

Shikoyatlar moderatorlar tomonidan 24 soat ichida ko'rib chiqiladi. Qoidabuzar kontent o'chiriladi, qoidabuzarning akkaunti esa bloklanishi mumkin.

5. Buzilish oqibatlari

Ushbu shartlar buzilganda "ABSCOM" MChJ (TalimPro) akkauntni ogohlantirishsiz bloklash huquqiga ega, bunda to'langan summa qaytarilmaydi. Qonun buzilgan hollarda Ijrochi qonuniy choralar ko'rish huquqini saqlaydi.

6. Javobgarlik

  1. Xizmat "boricha" (as is) taqdim etiladi; muayyan natija (attestatsiyadan o'tish) kafolatlanmaydi.
  2. Ijrochi foydalanuvchi tarafidagi internet/qurilma muammolari uchun javobgar emas.
  3. Foydalanuvchi kontentni noqonuniy tarqatib yetkazgan zarar uchun shaxsan javobgar.

7. O'zgartirishlar va aloqa

Shartlar yangilanishi mumkin; yangi tahrir saytda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi. Savollar: mathchannel2002@gmail.com · Telegram @attestatsiya_online · talimpro.uz